O‘zbekistonda bukmekerlik idoralari qonuniylashtiriladimi

eʼlon qilindi
ILMA xabariga ko‘ra
Foto: sinenkiy / depositphotos.com

Hozirda O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini tashkil etish taqiqlangan, biroq bu masala bilan bog‘liq huquqiy kolliziya mavjud, dedi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak.

«Bukmekerlik faoliyatiga rasman taqiq bor, ammo bunday faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan»— dedi Pak bir kun avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda qimor o‘yinlari hozirda ham ma’muriy, ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Huquqiy kolliziyani bartaraf etish bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilgan.

«Bu (bukmekerlik faoliyati – Tahr.) qachon qonuniylashtirilishini aytish qiyin, chunki masala endigina ishlab chiqilmoqda va aniq vaqt oralig‘ini bashorat qilishga hali erta. Masala o‘rganilmoqda va tegishli qaror qabul qilinadi», — dedi Pak.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston parlamenti bukmekerlik idoralarini litsenziyalashini o‘zgartirishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek