O‘zbekistondan qancha talaba Rossiya Federatsiyasida ta’lim olmoqda

eʼlon qilindi
Bu raqamni Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari ma’lum qildi
Foto: Pixabay

Bugungi kunda Rossiyada 63 ming nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda, bu besh yil avvalgidan ikki baravar ko‘p, dedi Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mihail Galuzin NTV telekanaliga bergan intervyusida.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva so‘nggi besh yil ichida o‘zbekistonlik talabalar uchun davlat stipendiyalari kvotalari miqdorini to‘rt barobarga – 200 dan 800 tagacha oshirgan.

Galuzin mamlakatimizda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat yuritayotganini qo‘shimcha qildi. Bu MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

NTV taʼkidlashicha, turli manbalarga koʻra, Oʻzbekiston aholisining 50-80 foizi rus tilida soʻzlashadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda Rossiyaning uchta universitetining filiallari ochilishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek