Yangiliklar

O‘zbekistonliklar va qozog‘istonliklar ish tanlaganda nimalarga e’tibor berishadi

Ancor va The Talentist tomonidan olib borilgan tadqiqotlar davomida aniqlandi
Foto: ArturVerkhovetskiy/Depositphotos

Ancor va The Talentist kompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari ish beruvchilarni qanday tanlashlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Reliz «Kursiv»da bor.

Davlat aholisi ish joyini tanlash shartlari orasida birinchi o‘rinda yaxshi maosh turadi. Bu omilni O‘zbekiston fuqarolarining 48 foizi ustuvor deb atagan. Qozog‘istonliklar orasida bu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etgan.

Yoqimli ish muhitini oz‘bekistonnlikar ikkinchi o‘ringa qo‘yishdi – 43 foiz, Qozog‘istonda esa  moliyaviy barqarorlikni tanlashdi – 78 foiz.

O‘zbekistonda uchinchi mezon «qiziqarli ish» -42 foiz, Qozog‘istonda esa uzoq muddatli ish bilan ta’minlash kafolatlari – 67 foiz.

Mamlakatimizda ish faoliyatning eng jozibali yo‘nalishlari moliyaviy xizmatlar, transport va logistikadir. Qozog‘istonda – avtobiznes va transport.

«Uzbekistan Airways», «Lukoyl Uzbekistan» va «Hamkorbank» O‘zbekistondagi eng jozibador ish beruvchilar deb topildi. Qozog‘istonda – Tengizchevroil, Air Astana va Karachaganak Petroleum Operating.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistondagi kompaniyalar nima uchun stajyorlarni jalb etishi haqida e’lon qilgan edi.