Yangiliklar

Panorama airways’ning mansabdoriga umra safaridan kelmagan fuqarolarimiz tufayli jinoiy ish qo’zg‘atildi

1 nafar shaxs qamoqqa olingan
Foto: nitinut380 / depositphotos.com

O‘zbekiston fuqarolarini umra safaridan qaytarish choralarini ko‘rmagan va boshqa jiddiy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan Panorama airways mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zR Transport prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, 2024-yil 2-4-fevral oralig‘ida Panorama Airways’ning 3000 dan ortiq yo‘lovchilari uylariga eson-omon qaytishdi.

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Avvalroq, «Kursiv» umra ziyorati tashkilotchilarining litsenziyalari to‘xtatilishini e’lon qilgan edi. 2023-yil 1-noyabrdan boshlab bunday sayohatlarni faqat mahalliy turoperatorlar tashkil qilishi mumkin. Buning uchun maxsus litsenziya talab qilinadi.