“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Buxorodan Jiddaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi
Ular haftada bir marta amalga oshiriladi
Foto: Uzbekistan Airports

«Qanot Sharq» aviakompaniyasi Buxorodan Jiddaga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻydi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilk parvoz 7-fevral kuni amalga oshirildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Aviakompaniya parvozlarni haftada bir marta – dushanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirishni rejalashtirgan.

Qanot Sharq 1998 yilda tashkil topgan, kompaniyaning bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Aviakompaniya mintaqaviy va xalqaro reyslarga ixtisoslashgan.

Avvalroq, Kursiv Uzbekistan Airways Rimga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edi.

Shuningdek