8-fevral kuni respublikada havo bulutli bo‘ladi va ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi mumkin
Foto: sbashkirzew@gmail.com / depositphotos.com

Bugun, 8-fevral kuni respublikamizning barcha hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda ertalab va kechasi yomg‘ir yog‘adi va ba‘zi viloyatlarda tuman tushishi mumkin. Harorat 12-15 darajada iliq bo‘ladi, shimolda esa 8-13 iliq bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, ertalab va kechasi yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 12-14 iliq bo‘ladi, kechasi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarida kuchli qor yog‘ishi ehtimoli bor va qor ko‘chishi mumkin, ba’zi joylarda esa tuman tushadi. Havo harorati 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» Fevral oyi boshida O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek