«Aeroflot» samolyoti Toshkent aeroportida olti soatdan ko’proq vaqt davomida qolib ketdi
eʼlon qilindi
Texnik sabablarga ko'ra
Toshkentdan soat 03:45 da parvoz qilishi kerak boʻlgan Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining SU1871 reysi olti soatdan koʻproqqa kechiktirildi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports.
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, kechikish texnik nosozliklar bilan bog‘liq. Parvoz yo‘lovchilari mehmonxonalarga joylashtirildi.
Avvalroq, Kursiv FlyDubai reysi Toshkent aeroportida bir kunga kechiktirilgani haqida yozgan edi.