AQSh Bag‘dodga zarba berdi

eʼlon qilindi
“Kataib Hizbulloh” qo‘mondoni halok bo‘ldi
Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari qurolli kuchlari Iroq poytaxti Bag‘dodga hujum qildi. Natijada «Kataib Hizbulloh» guruhi qo‘mondoni halok bo‘ldi, deb yozadi «Interfaks» Amerika qo‘shinlari markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga tayanib.

Amerika tomoniga ko‘ra, marhum qo‘mondon amerikalik harbiylarga qarshi hujumlar uyushtirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan. Hujum oqibatida tinch aholining jabrlangani noma’lum.

Amerika va Yaqin Sharq matbuoti xabarlariga ko‘ra, Abu Baqir as-Sa’diy nomi bilan ham tanilgan Vissam Muhammad Sobir as-Sa’diy o‘ldirilgan. Guruh a’zosi SUV mashinasiga dron zarbasi natijasida halok bo‘lgan.

Amerika va Yaqin Sharq matbuoti xabarlariga ko‘ra, Abu Baqir as-Sa’diy nomi bilan ham tanilgan Vissam Muhammad Sobir as-Saidiy o’ldirilgan. Guruh a’zosi yo‘l tanlamas mashinasiga dron zarbasi natijasida halok bo‘lgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining ta’kidlashicha, berilgan zarba mojaroning tugashini anglatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida AQSh harbiylari Suriya va Iroqdagi qurolli guruhlarga zarbalar bergan.

Shuningdek