Dollar kechagi pasayishdan so‘ng biroz ko‘tarildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Valyuta birjasidagi narx 12 464,91 so‘m
                    
                            
8-fevral kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan kursi 6,89 so‘mga ko‘tarildi va 12 464,91 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki Amerika valyutasining kursini bir xil darajada belgiladi.
Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 395 – 12 420 so‘mdan xarid qilib, 12 460 – 12 520 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7-fevral Oʻzbekiston valyuta birjasida dollarning oʻrtacha kursi pasaydi. Narx 25,198 so‘mga tushdi va 12 458,02 so‘mga yetdi.
