Yangiliklar

Dori vositalarining qonuniyligini AslBelgisi mobil ilovasi orqali tekshiring

Ilova Google Play va App Store’da mavjud

Soxta dori vositalari muammosi bugungi kunda butun dunyoda dolzarbdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda «Asl Belgisi» raqamli markirovka tizimi joriy qilingan. Bu soxtalashtirishning keng ko‘lamli muammosiga qarshi kurashda muhim vositadir.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-sonli «Dori vositalari va tibbiy buyumlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

Dori vositalarini raqamli markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Uning asosiy vazifalaridan biri bozorni raqamlashtirish, kontrafakt va kontrabandaga qarshi kurashishdir.

Bugungi kunda O‘zbekistonda uch guruh dori vositalari markirovkalanadi.

Birinchi guruh – ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda chiqarilgan dori vositalari (Orfan dori vositalaridan tashqari) – 2022-yil 1-sentabrdan;

Ikkinchi guruh – birlamchi (ichki) o‘ramda (ikkilamchi (tashqi) o‘ram bo‘lmaganda) va dorivor angromahsulotda (orfan dori vositalaridan tashqari)
chiqarilgan dori vositalari – 2022-yil 1-noyabrdan;

Uchinchi guruh – orfan dori vositalari (kam uchraydigan yoki orfan kasalliklarni davolashda foydalaniladigan) va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan dori vositalari – 2023-yil 1-martdan;

To‘rtinchi guruh – belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tibbiyot buyumlari – 2025-yil 1-fevraldan.


Asl Belgisi mobil ilovasidan foydalanib, doridagi raqamli Data Matrix kodini skanerlash orqali dori haqida barcha kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Data Matrix kodlarini skanerlashda iste’molchi dori haqida barcha kerakli ma’lumotlarni oladi. Bunday kodda mahsulot tavsifi, qadoq saqlanishi kerak bo‘lgan ishlab chiqaruvchi va chakana savdo nuqtasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va dori vositalari uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqida ma’lumot mavjud.

Belgilab o‘tamiz, ilova OʻzR hududida rasmiy muomalada boʻlgan dori vositalarini o‘qiy oladi.

Agar ilova kodni o‘qisa, bu dori vositasi qonuniy ravishda ishlab chiqarilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini bildiradi.

Agar o‘qimasa, unda sotib olishdan bosh tortish yaxshiroqdir. Yaxshisi, qonunbuzarlik haqida xabar bering. Buni bevosita Asl Belgisi ilovasidan amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar tegishli organlarga yetkaziladi.

Asl Belgisi bilan siz maishiy texnika, alkogol ichimliklari, tamaki mahsulotlarining haqiqiyligini tekshirishingiz mumkin, yaqin kelajakda suv va salqin ichimliklarni ham tekshirishingiz mumkin. Markirovka tizimi halol ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, bozorni oqlash, sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Mobil ilova interfeysi rus va o‘zbek tillarida mavjud.

Ilovani Google Play va App Store’dan yuklab olish mumkin.z