Ozarbayjonning amaldagi rahbari Ilhom Aliyev mamlakatdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Saylov uchastkalarining 93 foizidan kelgan protokollarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, amaldagi yetakchi 92,05 foiz ovoz to‘pladi, deb xabar berdi «TASS» agentligi.
Aliyevning eng yaqin raqibi Zohid O‘ruj 2,19 foiz ovoz to‘play oldi. Qolgan nomzodlar 2 foizdan kam ovoz oldi.
Saylovda saylovchilarning 76,73 foizi ishtirok etdi.
Ilhom Aliyev bungacha to‘rt marta prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan edi. U Ozarbayjonning uchinchi prezidenti Haydar Aliyevning o‘g‘li.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil noyabr oyida Aliyev bilan amaliy uchrashuv oʻtkazgan edi.