Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi tufayli transport harakati to‘xtatildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Cheklovlar vaqtinchalik
                    
                            
Payshanbaga o‘tar kechasi kuchli qor yog‘ishi sababli A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismi to‘sib qo‘yildi, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV.
Cheklovlar 8-fevral kuni soat 00:50 dan kuchga kirdi, ular vaqtinchalik. Dovonga qor yog‘ishi oqibatlarini maxsus xizmatlar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Avvalroq, “Kursiv» 8- fevral kuni tog‘li hududlarida ayrim joylarida kuchli qor yog‘ishi ehtimoli bor va qor ko‘chishini e’lon qilgan edi.
