OʻzRVBda valyuta operatsiyalari hajmi 35 foizga oshdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ko‘rsatkich 458 trillion so‘mga yetdi
                    
                            
2023-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston birja bozoridagi valyuta savdolari hajmi 458 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 35 foizga koʻpdir, deb xabar qildi OʻzRVB matbuot xizmati.
Savdo maydonchasida dollar, evro, rubl va yuan bilan operatsiyalar amalga oshiriladi.
2023-yilning so‘nggi savdo kunida AQSH dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha tortilgan kursi 12 352,86 so‘mni tashkil qildi. Savdoning birinchi kunida kurs 11 246,81 so‘m darajasida edi. O‘zbek so‘mi 2023-yilda Amerika valyutasiga nisbatan 9,83 foizga qadrsizlandi.
Avvalroq, «Kursiv» 8-fevral kuni O‘zbekistonda qaysi bankda dollar kursi eng qulayligi haqida yozgan edi.
