Alerte Héritage kompaniyasi Buxoro markazidagi turistik zona loyihasidan xavotirda

eʼlon qilindi
20 dan ortiq obyektni buzish rejalashtirilgan
Foto: Perepost

Alerte Héritage mustaqil assotsiatsiyasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida Buxoro markazida sayyohlik zonasi yaratish loyihasidan xavotirligini bildirdi.

Buning uchun davlat tasarrufidagi 20 dan ortiq bino, jumladan, shahar va viloyat hokimliklari joylashgan binolarni buzish rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati hokimligi binosi o‘zbek me’mori Richard Bleze loyihasi bo‘yicha qurilgan so‘nggi ob’ekt ekanligini Alerte Héritage ta’kidladi. Mutaxassislarning fikricha, kvartalni rekonstruksiya qilish bunday binolarni saqlab qolish sharti bilan amalga oshirilishi kerak.

«Aks holda buxorolik shaharsozlik mutaxassislari Toshkent shahrini rivojlantirish jarayonida Kino uyini vayron qilgan toshkentliklarning xatosini takrorlash xavfi bor, garchi uni tarixiy va yangi imkoniyatlardan foydalangan holda yaratilayotgan yangi obyektlar tuzilmasiga kiritish mumkin edi»- deyiladi xabarda.

2023-yil boshida buxorliklar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan murojaatida turistik zona qurilishiga qarshi chiqishgan edi.

Keyinroq, Buxoro hukumati sayyohlik obyektlarini qurish uchun boshqa hudud tanlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Hokimlik, shuningdek, qurilish YUNESKO xulosasidan keyin boshlanishiga ishontirdi.

Biroq, 2024-yil fevral oyi boshida turistik zonani qurish loyihasi o‘zgarishsiz qolgani ma’lum bo‘ldi. Matbuot anjumanida mahalliy hokimiyat vakillari sovet davridagi binolar va tarixiy obidalar o‘rtasida «uyg‘unlik» yo‘qligini ta’kidlashdi. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning so‘zlariga ko‘ra, shahar markazidagi tanlangan joy sayyohlar uchun qulay.

Avvalroq, «Kursiv» «Sharq» nashriyot-matbaa ijodiy uyi va O‘zA axborot agentligi binolari takroriy auksionga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek