Joriy yilning yanvar oyida Energetika vazirligining «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 995 nafar iste’molchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya matbuot-xizmati.
Elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari tomonidan 20 mln 486 ming kVt/soat elektr energiyasi va 47 mln 387 ming kub metr tabiiy gaz o‘g‘irlanib, davlatga 94,5 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Inspeksiya tomonidan respublika boʻyicha 24,969 ta profilaktika chora-tadbirlari oʻtkazilib, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzgan korxonalarga 937 ta ma’muriy ish qoʻzgʻatildi.
Avvalroq, «Kursiv» Samarqand viloyatidagi korxona 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganini e’lon qilgan edi.