Elita kosmetika bozorida yangi yetakchi paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
L'Oréal Estee Lauderni ortda qoldirdi
Foto: Unsplash

Fransiyaning L’Oréal kompaniyasi 2023-yilda so‘nggi yigirma yil ichida eng sezilarli savdo o‘sishiga erisha oldi. Bu kompaniyaga elita kosmetika va parfyumeriya bozorida yetakchiga aylanish imkonini berdi, deb yozadi Le Figaro.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili L’Oréal tomonidan ishlab chiqarilgan elita kosmetika mahsulotlari savdosi 4,5 foizga oʻsgan va ularning hajmi 14,92 mlrd yevroni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkichlar kompaniyaga bozorning avvalgi peshqadami– Estée Lauderni ortda qoldirishi uchun yetarli.

L‘Oréal – fransuz parfyumeriya va kosmetika ishlab chiqaruvchisi bo’lib, u 1909-yilga borib taqaladi. Kompaniyadagi katta ulush kompaniya asoschisining nabirasi Fransuaze Betankur Mayersga tegishli bo’lib, 2019-yilda u dunyodagi eng badavlat ayol sifatida tan olingan.

Avvalroq, «Kursiv» MCosmetic’da halol kosmetika assortimenti besh baravar ko‘payganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek