9—14-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Freestyle Chess G.O.A.T Challenge turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster ishtirok etadi.
Turnirda top-8 shaxmat ustalari ishtirok etadi, shu jumladan Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov va boshqa taniqli grossmeysterlar.
Bu shaxmat musobaqasi «shaxmat 960» yoki «Fisher shaxmatlari» qoidalari bo‘yicha o’tkaziladi.
Fisher shaxmatlari – bu shaxmat doskasida oq va qora donalar mos ravishda birinchi va sakkizinchi qatorlarda joylashgan, oq donalar joylashishi qora donalar joylashuvi bilan bir xil. Oq va qora piyodalar mos ravishda ikkinchi va yettinchi qatorlarda joylashgan.Har bir tomonda 2 ta qarama-qarshi fillar bo‘ladi.Har bir tomonning to‘ralari shohning qarama-qarshi tomonlariga joylashgan bo‘ladi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi $200 ming. Birinchi o‘rin egallaganga $60 ming beriladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin olganlarga $50 ming va $40 ming. 4-o‘rin uchun mukofot – $20 ming, 5-o‘rin uchun – $15 ming, 6-o‘rin – $12 ming, 7-o‘rin – $10 ming, 8-o‘rin – $8 ming.
Avvalroq, «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov nufuzli shaxmat turnirida uchinchi o‘rinni egallaganini e’lon qilgan edi.