O‘zbekiston va Rossiya gaz bo‘yicha yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Rossiya elchisi xabar berdi
Foto: lagereel/Depositphotos

Oʻzbekiston va Rossiya gaz yetkazib berish boʻyicha yangi uzoq muddatli shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda, hozirda bu borada muzokaralar olib borilmoqda, dedi Rossiyaning OʻzRdagi elchisi Oleg Malginov.

U Rossiya gazi O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini barqarorlashtirishga katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.

Malginovning soʻzlariga koʻra, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik faqat gaz sohasi bilan cheklanmaydi.

«Hozir savdo aloqalari dunyoda yuz berayotgan barcha qiyinchiliklarga qaramay rivojlanib bormoqda. Rossiya deyarli $10 milliard (2023 yilda – «Kursiv»), aniqrog‘i $9,8 milliard tovar ayirboshlash hajmiga yetdi, ammo bu chegara emas», — dedi diplomat.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yil dekabr oyi oxirida «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Oʻzbekistonga 15 yil muddatga gaz yetkazib berish boʻyicha oʻrta muddatli shartnoma imzolangani haqida maʼlum qilgan edi. Uning imzolanishi 2024-yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida kutilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda gaz qazib olish yil davomida 9,4 foizga qisqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek