Yangiliklar

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi yil davomida qariyb 14 foizga o‘sdi

Bu soha Toshkentda jadal rivojlanmoqda
Foto: yemelyanov / depositphotos.com

O‘zbekistonda 2023-yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 470,3 trln so‘mga yetdi. Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (MMTI) ma’lumotlariga ko‘ra, u yil davomida deyarli 13,7 foizga o‘sdi.

Yakuniy ko‘rsatkichga hissaning 60 foizidan ortig‘i yirik shaharlar qo‘shishdi. Ularning eng kattasi (66foiz) Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxt aholi jon boshiga xizmatlar hajmi bo‘yicha ham eng yuqori ko‘rsatkichlarni berdi.

Institutda qayd etilishicha, Toshkent shahrining ushbu statistikadagi ulushi vaqt o‘tishi bilan ortib bormoqda. Shu bilan birga, boshqa shaharlarda ham xizmatlar hajmi ortib bormoqda. Xususan, Xivada besh yil ichida 2,4 barobar oshdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi 2023-yil davomida ijobiy zonada qolganini yozgan edi.