Tadbirkorlarga o‘zbekistonliklarni ishga joylashtirishda imtiyozlar beriladi

eʼlon qilindi
Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi
Foto: IgorVetushko/Depositphotos

Oliy Majlis Senati ish o‘rinlari yaratuvchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi, deb xabar berdi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dastur doirasida imtiyozlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Xususan, korxonalarga soliq va to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. QQS va soliq agenti sifatida to‘lanadigan yig‘imlar bundan mustasno.

51 tadan 100 tagacha ish o‘rni yaratilsa, tadbirkor uch oyga bo‘lib-bo‘lib soliq to‘laydi. 101 dan 200 kishigacha ishga qabul qilinganda – olti oy, 201 va undan ortiq kishi – 12 oy.

O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy sug‘urta reestrida ishga jalb qilgan kompaniyalar yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

51 nafardan 100 nafargacha xodimni ishga qabul qilishda soliq stavkasi 50 foizga, 101-200 nafarga – 75 foizga, 201 nafar va undan ortiq xodimdan – 100 foizga kamaytiriladi.

Avvalroq, «Kursiv» taʼlim IT-markazlariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish uchun subsidiyalar berilishini yozgan edi.

Shuningdek