10-fevral kuni mamlakatimizga iliq havo kirib keladi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi mumkin

Bugun, 10-fevral kuni havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, biroq havo iliq bo‘ladi. Harorat darajasi 15-20 iliq bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘maydi va havo harorati kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi, kechasi esa 5-7 daraja iliq.
Tog‘li hududlarda esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi mumkin. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, kechasi esa havo sovuqlashadi -4 daraja sovuq.