Yangiliklar

Malaysia Binary va yana toʻrtta xususiy universitet Oʻzbekistonda litsenziyasidan mahrum boʻlishdi

Talabalarning hech biri ko‘chada qolmaydi, deb va’da berdi Oliy ta‘lim vazirligi
Foto: AndrewLozovyi / depositphotos.com

Oʻzbekistonda beshta xususiy oliy oʻquv yurti litsenziyasidan mahrum boʻlishdi, deb xabar qildi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Sud vazirlikning boshqa oliygohning ruxsatnomasini bekor qilish haqidagi arizasini ko‘rib chiqmoqda.

Litsenziyalash talablarini qo‘pol buzganlik uchun oltita tashkilot ustidan sudga da’vo arizasi berishga qaror qildilar.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, litsenziyasi bekor qilingan birorta ham oliy oʻquv yurti talabasi koʻchada qolmaydi. Ular arizasiga ko‘ra boshqa muassasalarga o‘tkaziladi. Ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror endi ruxsatga ega bo‘lmagan ikkita xususiy muassasa – Valley Innovative University hamda Urganchdagi Binary universiteti talabalariga nisbatan qabul qilingan. Hozirda boshqa universitetlardan talabalarni ko‘chirish tashkil etilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Soliq qo‘mitasi qoshidagi Fiskal instituti bir universitetga birlashtirilishini yozgan edi.