Ruslan Nuridinov og‘ir atletika bo‘yicha 5-karra Osiyo chempioni bo‘ldi
Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlar yakunlandi, deb xabar beradi Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qit’a birinchiligida sportchilarimiz Ruslan Nurudinov va Sharofiddin Amriddinov chempionlik uchun kurash olib borishdi. Natijada Ruslan Nurudinov g‘alaba qozonib, ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi va besh karra Osiyo chempioni bo‘ldi.
Siltab ko‘tarish va ikki kurash bahslarda Sharofiddin Amriddinov ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ruslan Nuriddinov xalqaro maydondagi ilk g‘alabasiga 2009-yili Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida erishdi. U 2013-yili Osiyo chempionatida uchta oltin medalga sazovor bo‘lgan.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edi.