Samarqandlik fermer qishloq xoʻjaligi yerlarini noqonuniy ravishda sotmoqchi boʻlganida qoʻlga olindi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarni noqonuniy sotishning oldi olindi, deb xabar berdi O‘zR Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘ra, «X.» fermer xo‘jaligi rahbari va muqaddam sudlangan hisobchi fuqaro Sh.J’ning ishonchiga kirgan. Unga 3 gektar yerni $70 ming sotishga va’da berishgan.Fermer $35 ming avans olayotgan paytda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kiberfiribgarlikdan jabr ko‘rgan fuqarolarga kartalaridan o‘g‘irlangan pullar qaytarilgani haqida e’lon bergan edi.