“Toyloqtumangaz” xodimlari 346,9 mln so‘m o‘g‘irlaganlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishdi
Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi, deb xabar qildi O‘zR Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Ma’lum bo’lishicha, «To‘yloqtumangaz» boshqarmasining suyultirilgan gaz xizmati xodimlari I.S., K.D., I.O. va F.A. jinoiy til biriktirib, 2023-yil oktabr-noyabr oylarida aholiga arzonlashtirilgan narxda yetkazib berilgan suyultirilgan gazni bank g‘aznasiga o‘tkazmasdan turib, 346,9 mln so‘mni o‘g‘irlashgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» bir oy davomida 94 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiya va gaz o‘g‘irlanganini e’lon qilgan edi.