Namangan viloyatida korxona tomonidan 227,2 ming kub metr gaz o‘g‘irlangan
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yetkazilgan zarar 340,8 million so‘mni tashkil etadi
                    
                            
Yangi Namangan tumanidagi (Namangan viloyati) qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonada 340,8 million so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, korxona gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 227,2 ming kub metr yoqilgʻini oʻgʻirlagan.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil yanvar oyida 990 dan ortiq isteʼmolchi tomonidan 94,5 milliard soʻmlik gaz va elektr energiyasi oʻgʻirlangan.
Avvalroq, «Kursiv» Samarqand viloyatida uch kun ichida 5 milliard so‘mlik gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlangani haqida yozgan edi.
