Yangi Namangan tumanidagi (Namangan viloyati) qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonada 340,8 million so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, korxona gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 227,2 ming kub metr yoqilgʻini oʻgʻirlagan.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil yanvar oyida 990 dan ortiq isteʼmolchi tomonidan 94,5 milliard soʻmlik gaz va elektr energiyasi oʻgʻirlangan.
Avvalroq, «Kursiv» Samarqand viloyatida uch kun ichida 5 milliard so‘mlik gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlangani haqida yozgan edi.