O‘zbekistonda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha maxsus dastur joriy etiladi
Joriy yilda O‘zbekistonda tuproq unumdorligini 127 ming gektarga oshirish bo‘yicha yangi dastur amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida qishloq xo‘jaligida 2024-yilga mo‘ljallangan yangi zaxiralardan foydalanish va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Shuningdek, 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish rejalashtirilgan.
Joriy yilda prezident bog‘lar, tokzorlar, dalalar va issiqxonalarni o‘z ichiga olgan 1,8 mln gektar maydonni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Ushbu sohalardagi ishlar bo‘yicha barcha ma‘lumotlar, jumladan, mineral o‘g‘itlar iste’moli va hosildorlik Agroplatformada ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mineral o‘g‘itlar narxini 15 foizga arzonlashtirish va respublika qishloq xo‘jaligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.