Qashqadaryo viloyatida xospis ochiladi
O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 50 o‘ringa mo‘ljallangan viloyatlararo xospis ochiladi. U yerda onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bemorlar yordam olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqdagi farmonni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Xospisni yuritish xarajatlari viloyat byudjeti hisobidan qoplanadi. Shu bilan birga, Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan muassasa uchun jihozlar xarid qilinadi.
Hujjatda Qarshi temir yo‘l klinikasi binolari Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filialiga bepul o‘tkazilishi ham belgilab qo‘yilgan. Boshqa tashabbuslar qatorida 200 o‘rinli tug‘ruqxona qurilishi ham bor.
Avvalroq, «Kursiv» Farg‘onada Yaponiya tibbiyot shaharchasi qurilishi haqida yozgan edi. Loyihaga kiritilgan sarmoyalar $9 mln tashkil etadi.