Shavkat Mirziyoyev fermerlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
60 ming gektar yerni aholiga taqsimlash rejalashtirilgan
Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish zarurligini ta’kidlab, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni ma’lum qildi.

Yana, 60 ming gektar yerni aholiga taqsimlash rejalashtirilgan. Davlat rahbarining fikricha, bu eksport hajmini yana $200 mln oshiradi.

Shuningdek, kooperativ asosida ishlayotgan tadbirkor va fermerlarga beriladigan kreditlar uchun 1 trln so‘m ajratiladi. 100 mln so‘mgacha bo‘lgan qarz garovsiz, 150 mln so‘mgacha bo‘lgan qarz esa garov bilan beriladi, uning hajmi ikki barobarga kamayadi.

Aytish joizki, fermerlarga 10 mingga yaqin texnika o‘n yil muddatga, uch yillik imtiyozli davr bilan lizingga beriladi. Import qilingan va ijaraga olingan motokultivator va mini traktorlar uchun bojxona imtiyozlari yana uch yilga uzaytirildi.

Bundan tashqari, prezidentimiz 10 kvadrat metr maydonga ega 200 ta mini issiqxona qurish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu maqsadlar uchun «Oilaviy tadbirkorlik» dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha kredit ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishdan oldin ariqlarni betonlash ishlarini yakunlash uchun kuchlarni safarbar etish zarurligini aytgan edi.

Shuningdek