Toshkentda birinchi Zara do‘koni 29-fevral kuni ochilishi mumkin. Bu haqda brendning rasmiy saytida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, ilk rasmiy do‘kon Tashkent City Mall savdo markazida paydo bo‘ladi. Savdo markazida Zaradan tashqari Inditex guruhining boshqa brendlari – Massimo Dutti, Pull & Bear, Oysho, Bershka va Stradivarius ochiladi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida «Zara» va «Columbia» kiyim-kechak brendlarini yo‘lga qo‘yish niyatida ekani haqida xabar bergan edi.