Adidas aksiyalari raqobatchilarning qimmatli qog‘ozlari tushib ketgan paytida ko‘tarildi
Nemis sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi Adidas 2023-yilda yo‘qotishlar olib kelishini kutgan edi, biroq u foyda va aksiyalar o‘sishini e’lon qildi, deya xabar beradi Challenges.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, kompaniyaning o‘tgan yilgi operatsion foydasi 268 mln yevroni tashkil qildi. Shu bilan birga, avvalroq Adidas 750 mln evro yo‘qotish kutayotgani e‘lon qilingan edi.
Yil davomida sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisining aksiyalari 11 foizga oshdi. Shu bilan birga, Adidasning raqobatchilari Nike va Puma qimmatli qog‘ozlari narxi pasaydi.
Nashr bu o‘zgarishlarni avval Puma’da ishlagan yangi bosh direktor Byorn Guldenning kelishi bilan izohlaydi.
Adidas – 1920-yillarda Germaniyada tashkil etilgan transmilliy kompaniya. Evropaning eng yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi. 2022-yilda kompaniya daromadi 6 foizga oshib, 22,5 mlrd yevroni tashkil qildi. Operatsion foyda 669 mln yevroni tashkil etdi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda Reebok do‘koni ochilishini e’lon qilgan edi.