Antaliya suv ostida qoldi
eʼlon qilindi
Ayrim maktablarda darslar bekor qilindi, fuqarolar ta’tilga jo‘natildi
Turkiyaning Antaliya shahrida kuchli yomg‘ir tufayli suv toshqinlari yuz berdi. Yomgir‘ ba’zi hududlarda transport harakatini to‘xtatdi. Bir qancha turar-joylarda uylar va yer osti yo‘laklari suv ostida qolgan.
Tabiiy ofat tufayli mahalliy hokimiyat besh tumandagi maktablarda darslarni bekor qilishga qaror qildi. Ayrim fuqarolar ta’tilga jo‘natildi.
Mahalliy aeroport ham yomon ob-havo tufayli parvozlarni to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni Turkiyaning Arnavutkoy, Boshakshehir va Kuchukchekmeche viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik natijasida 4 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan edi.