Armaniston-Ozarbayjon chegarasi yana notinch

eʼlon qilindi
Boku va Yerevan bir-birini o‘qqa tutishda aybladi
Foto: MaksymKapliuk/Depositphotos

Ozarbayjon va Armaniston bir-birini chegara hududlarini o‘qqa tutishda aybladi. Kursiv ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikning navbatdagi bosqichi haqida ma’lumot to‘pladi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 12-fevral oqshomida arman harbiylari Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalariga qaratib ikki marta oʻt ochgan.

O‘z navbatida Yerevan Bokuni dezinformatsiya tarqatishda aybladi. Armaniston Mudofaa vazirligi 13-fevral kuni ertalab Ozarbayjon harbiy xizmatchilari arman askarlariga qarata o‘q uzganini ma’lum qildi.

Keyinroq, Armaniston Mudofaa vazirligi to‘rt nafar harbiy halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Yana biri yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, bu 2023-yil kuzida Tog‘li Qorabog‘dagi janglardan keyin Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarning birinchi jiddiy keskinlashuvidir.

Avvalroq, «Kursiv» Armaniston Ozarbayjon bilan hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzish niyatida ekanini e’lon qilgan edi.

Shuningdek