Bosh vazir “O‘zbekiston-2030” strategiyasi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga hisobot berishga majbur bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qonun loyihasi parlament quyi palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi
Foto: «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va boshqarma rahbarlari har olti oyda bir marta «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi ijrosi to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berib turishi belgilandi, bu haqdagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Hukumatning iqtisodiyot, soliq, byudjet va boshqa sohalardagi vakolatlari ham kengaytiriladi.

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi va hukumat a’zolarining shaxsiy mas’uliyatini oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil kuzida «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlagan edi. Qabul qilingan dastur iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va ta’lim tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Qonunchilik palatasi hukumat rahbari o‘rinbosarining yo‘l sohasiga ITni joriy etish bo‘yicha hisobotidan noroziligini yozgan edi.

Shuningdek