Yangiliklar

Dollar o‘sishda davom etmoqda

Valyuta birjasidagi narx 12 480,04 so‘m tashkil qildi
Foto: depositphotos.com

13-fevral kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan kursi 10,39 so‘mga ko‘tarildi va 12 480,04 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki Amerika valyutasining kursini bir xil darajada belgiladi.

Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 410– 12 430 so‘mdan xarid qilib, 12 470 – 12 530 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» fevralning birinchi o‘n kunligida dollar qanday ko‘tarilganini e’lon qilgan edi.