O‘zbekiston fuqarosi terrorchilarga mablag‘ ajratgani uchun Janubiy Koreyada qamoqxonaga jo‘natildi
Seul markaziy rayon sudi O‘zbekiston fuqarosini «Katiba at-Tavhid val-Jihod» (KTD) terrorchilik tashkilotiga mablag‘ ajratishda ayblab, bir yil olti oyga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi «Yonhap» axborot agentligi.
O‘zbekistonlik 2017-yilda Janubiy Koreyaga mehnat vizasi bilan kelgan.
2021-yildan 2022-yilgacha terrorchilarga 4 mln von yoki $3 mingga teng pul va qimmatbaho buyumlarni jo‘natgan, xususan, snayper soatlarini sotib olib, O‘zbekistonga jo‘natgan.
Yonhap agentligi qayd etishicha, O‘zbekiston fuqarosi tashkilotning terrorchilik faoliyati haqida xabardor bo‘lgan.
«Katiba at-Tavhid val-Jihod» guruhi 1999-yilda tuzilgan va «Al-Qoida»ning Suriyadagi bo‘limi hisoblanadi. Bishkekdagi Xitoy elchixonasiga uyushtirilgan hujum uchun uning a‘zolari mas’ul.
Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil aprel oyida Indoneziyada uch nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorchilikda gumonlanib hibsga olingani haqida yozgan edi.