O‘zbekistonda baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Tabiiy suv havzalarida elektr qarmoqlardan foydalanish mumkin emas
Foto: Unsplash

O‘zbekiston hukumati tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqladi. Urchish davrida baliq ovlash taqiqlanadi, deb xabar qildi mamlakat Adliya vazirligi.

Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan 31-maygacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi suv havzalarida 26-apreldan 10-iyungacha, boshqa tabiiy suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tabiiy suv havzalarida yoyma to‘rlardan, elektr qarmoqlardan, nayzalar va o’ndan ortiq ilgagi bo’lgan baliq ovlash vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Ushbu qoidalar yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir, lekin ular sunʼiy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigatsiya tarmoqlaridagi qafas moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston hukumati Samarqand viloyatida «Oxaliq – Oqbuyro – Mironko‘l» turistik zonasini tashkil etishga qaror qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek