Yangiliklar

Xitoy hukumati umumiy qiymati $1,3 trln obligatsiyalar chiqardi

2023-yil boyicha
Foto: Inbusiness.kz

Xitoy mintaqaviy hukumatlari 2023-yilda umumiy qiymati 9,34 trln yuan (taxminan $1,31 trln) bo‘lgan obligatsiyalar chiqargan, deya ma’lum qildi Sinxua agentligi.

Ushbu qimmatli qog‘ozlarning or‘tacha muomala muddati 12,4 yil, foiz stavkasi 2,9 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, maqsadli obligatsiyalar 6 trln yuanga, oddiy obligatsiyalar 3,3 trillionga chiqarildi.

O‘tgan yilning oxiriga kelib, Xitoy mahalliy hokimiyatlarining umumiy qarzi 40,7 trln yuanni (taxminan $5,6 trln) tashkil etdi, bu federal darajada belgilangan limitdan oshmaydi.

Avvalroq, «Kursiv» islomiy obligatsiyalar emissiyasi yil davomida 15 foizga kamayganini yozgan edi.