
10-fevral kuni poytaxtning Yunusobod tumanidagi 259-maktab hududidan o‘n yoshli bolaning jasadi topildi, deb xabar berdi «Milliy» telekanali.
Bola shu maktabda o’qigan. 10-fevral kuni taxminan soat 20:00da u boshqa bolalar bilan maktab stadioniga futbol o‘ynash uchun kelgan. Keyinroq tualetga borishini aytdi. Biroq oradan biroz vaqt o‘tgach, u hushsiz holda topilgan.
Respublika Bosh prokuraturasi shifokorlar bolaning o‘limini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza o‘tkaziladi.
Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yili Farg‘ona viloyatida yashovchi yangi tug‘ilgan chaqaloqni dalada topib olgani haqida yozgan edi.