Dollar hamon o‘smoqda
eʼlon qilindi
Valyuta birjasidagi narx 12 486,06 so‘m tashkil qildi
14-fevral kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan kursi 6,02 so‘mga ko‘tarildi va 12 486,06 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki Amerika valyutasining kursini bir xil darajada belgiladi.
Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 420– 12 440 so‘mdan xarid qilib, 12 475 – 12 540 so‘mdan sotishmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» qaysi banklarda dollarni xarid qilish va sotish uchun qulay kurslarni e’lon qilgan edi.