Euromonitor: Ko’pchilik o’zlariga, do’stlariga yoki uy hayvonlariga Sevishganlar kuni sovg’alarini beradi
Turmush qurmaganlar, ajrashganlar va bevalar butun dunyo bo’ylab iste’molchilarning 53% ni tashkil qiladi. Bu odamlar Valentin kuni sovg’alarini o’zlari, do’stlari yoki uy hayvonlari uchun sotib olishlari mumkin. Bunday ma’lumotlar «Kursiv»ga Euromonitor International tadqiqot kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
Euromonitor International’ning qadoqlangan oziq-ovqat va gazaklar bo’limi rahbari Carl Quashning aytishicha, Sevishganlar kuni faqat juftliklar uchun bo’lgan kunlar o’tib ketdi. Bu tendentsiya kelajakda ham davom etishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iste’molchilar shokolad kabi shirinliklarni xarid qilish orqali o’zini sevishini bildiradi.
«Hershey’s, Lindt va Reese’s shokoladlari mavsumiy shokolad bozorida birinchi uchlikka kiradi va ular birgalikda global savdoning taxminan 20 foizini tashkil qiladi», – deyiladi tadqiqotda.
Avvalroq, «Kursiv» o‘zining Telegram-kanalida o‘zbekistonliklar 14-fevralni qanday o‘tkazishi haqida so‘rov o‘tkazgan edi. Toshkent vaqti bilan soat 17:20da atigi 10% Sevishganlar kunini nishonlaymiz, 22% Bobur tavallud kunini nishonlaymiz, deb javob bergan. Ko’pchilik (52%) uchun bu kun qolganlardan farq qilmaydi.