FAO: O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlarini allaqachon his qilmoqda

eʼlon qilindi
«Kursiv» tashkilot bosh direktorining maxsus vakili bilan suhbatlashdi
Foto: «Kursiv»

Oʻzbekiston aholisi iqlim oʻzgarishi oqibatlarini his qila boshladi, dedi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktorining maxsus vakili Daniel Gustafson «Kursiv» nashriga bergan intervyusida.

«Mamlakatingiz allaqachon iqlim o’zgarishi va agroekologik zararning ishlab chiqarish qobiliyatiga ta’sirini his qilmoqda», dedi Gustafson Koʻchib yuruvchi turlarni saqlash boʻyicha konventsiya ishtirokchilari konferentsiyasining 14-yigʻilishi chogʻida.

FAO vakilining qo‘shimcha qilishicha, boshqa davlatlar ham tez orada iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini his qilishadi.

«Ular O’zbekiston boshidan kechirayotgan bosimga duch kelishlari kerak», – deydi ekspert.

Uning fikricha, O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya va suv resurslari masalalarini hal etishga jiddiy yondashadi.

Avvalroq, «Kursiv» BMT Atrof-muhit dasturi vakili Umberto Gallo-Orsi bilan suhbatlashgan edi. U O‘zbekistonda qushlar uchun asosiy tahdidlar haqida gapirdi.

Shuningdek