Yangiliklar

O‘zbekiston Markaziy banki ikki moliya tashkilotini jarimaga tortdi

Va yana beshta moliya tashkilotlarini ogohlantirdi
Foto: Markaziy bank

O‘zbekiston Markaziy banki bitta bank va bitta to‘lov tashkilotiga jarima soldi, deb xabar berdi O‘zA agentligi. Tuzilmalarning nomlari oshkor etilmagan.

Sanksiyalarni qo‘llashga Markaziy bankning qonun va me’yoriy hujjatlariga rioya qilmaslik sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, tartibga soluvchi organ uch bank va ikkita lombardni qonunbuzarlik bo‘yicha  javobgarlikdan ogohlantirdi.

Avvalroq, «Kursiv» Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari reestriga ikkita kompaniyani kiritganini e’lon qilgan edi.