O‘zbekiston universiteti filiali Qozog‘istonda ochiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi rahbari ma’lum qildi
Foto: Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Qozog‘iston agrar milliy tadqiqot universitetida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining filiali ochiladi, deya xabar bermoqda Tengrinews portali Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbekga tayanib.

Poytaxt universiteti 1923-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda universitet 80 ta yo‘nalish bo‘yicha talabalar tayyorlaydi. Gidroenergetika, gidrologiya va melioratsiya bo‘yicha kadrlar tayyorlash shular jumlasidandir. Talabalarning umumiy soni 4,8 ming kishidan oshadi.

Institutning taniqli bitiruvchilari orasida O‘zbekistonning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.

Institut filiallari O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida, xususan, Andijon va Buxoroda ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Chirchiqda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (JQU) filialini ochishi haqida yozgan edi.

Shuningdek