Toshkent shahrida issiqlik va issiq suv tariflari 15 foizga ko‘tarilib, 105 754 so‘m/Gkal bo‘ladi. Ilgari narx 91 960 so‘m/Gkal edi. Bu haqda Veolia Energy kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu haqdagi qaror 8-fevral kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 97-sessiyasida qabul qilindi.
Narxning oshishi elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sotib olingan issiqlik energiyasi narxlarining oshishi bilan bog‘liq. Bu aholi uchun 2019-yildan beri birinchi marta tariflarning narxi ko‘tarilishi
Yangi tariflar 2023-2024 yillar kuz-qish davri (isitish mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan keyingi kundan boshlab kuchga kiradi.
Yuridik shaxslar va byudjet tashkilotlari uchun 2023-yil 2-dekabrdan kuchga kirgan tariflar o‘zgarishsiz qoldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Toshkent shahrida sovuq suv va kanalizatsiya narxlari oshgan edi.