Uzbekistan Airways aviakompaniyasi fevral oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yadi, deb yozadi «Kommersant» Pulkovo aeroporti matbuot xizmatiga tayanib.
17-fevraldan boshlab Pulkovodan Farg‘onaga parvozlar soni haftasiga ikkitadan uchtaga ko‘payadi. O‘zbekistonning ushbu shahriga seshanba va juma kunlaridan tashqari shanba kunlari ham UzAirways samolyotlari parvoz qiladi.
Sankt-Peterburgdan Namanganga parvozlar 21-fevraldan chorshanba kunlari boshlanadi.
Sankt-Peterburg aeroporti matbuot xizmati xabariga koʻra, Pulkovodan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz va Urganchga ham reyslar amalga oshirilmoqda. 2023-yilda ulardan 450 mingdan ortiq yo‘lovchi foydalangan.
Avvalroq, «Kursiv» 16-fevraldan UzAirways Farg‘onadan Krasnoyarskga parvozlarni yo‘lga qo‘yganini e’lon qilgan edi.