Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari vakillari Toshkentga tashrif buyurishadi
Mart oyi boshida Buyuk Britaniyaning 25 ta yetakchi universitetlari vakillaridan iborat delegatsiya Toshkentga tashrif buyuradi, deb xabar berdi «Dunyo» agentligi.
O‘zbekiston poytaxtida britaniyalik mutaxassislar mahalliy ekspertlar bilan universitetlararo hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi. Mehmonlar Toshkentga 4-5-mart kunlari tashrif buyurishadi.
Tashrif O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov va Vestminster universiteti prorektori Piter Bonfild tomonidan kelishib olindi. Ularning uchrashuvi 14-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar, shuningdek, Vestminster universitetida «O‘zbekiston haftaligi»ni o‘tkazishga qaror qildilar. Uning doirasida ular talabalarni mamlakat madaniyati, tarixi va zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirmoqchi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Samarqandda Fransiya alyansi bo‘limini ochishga kelishib olganini e’lon qilgan edi.