O‘zbekiston Markaziy banki 15-fevraldan boshlab AQSh dollarining rasmiy kursini 12 486,06 so‘m, yevroni esa 13 360,08 so‘m etib belgiladi. «Kursiv» qaysi bank kassalari xorijiy valyutani sotib olish va sotishda qulay tariflarni taklif qilishini ko‘rib chiqdi.
Dollar
Amerika valyutasini sotib olish qulay kurslar Invest Finance Bank (12 445 so’m) va BRB tomonidan taklif etiladi. «Kapital bank», «Hamkor bank» va «Garant bank»da esa stavka biroz pastroq (12 440 so‘m).
Dollarning eng yaxshi sotuv kursi “Hayot bank» kassalarida (12 485 so‘m) qayd etilgan.
Yevro
O‘zmilliybankda yevro sotib olish eng qulay kurs 13200 so‘m, Octobank, Asia Alliance Bank, SQB – 13100 so‘m.
«Ipoteka bank» va «Invest Finance Bank»da yevro sotishning jozibador kursi 13 370 so‘mni tashkil etadi.