IShID jangarilari Tojikiston janubiy chegarasida to‘planishmoqda

eʼlon qilindi
Migratsiya oqimining kuchayishi tufayli mintaqada keskinlik kuchayishi mumkin

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) Tojikiston janubiy chegaralari yaqinida «Islomiy davlat» (IShID) jangarilari soni ortib borayotganini kuzatmoqda, dedi KXShT shtab boshlig‘i general-polkovnik Andrey Serdyukov.

«Tojikistonning janubiy chegarasi yaqinida “Islomiy davlat»ning afgʻon boʻlimi Viloyat Xuroson va Pokiston «Tolibon» harakatining soni ortgani qayd etilgan. Ularni o‘qitish uchun dala oromgohlari tarmog‘i ham kengaymoqda. Ayni paytda xorijiy jangchilarning asosiy kontingenti Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida to‘plangan”, — dedi Serdyukov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya oqimining kuchayishi tufayli mintaqada keskinlik kuchayishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Afgʻoniston-Tojikiston chegarasida «Islomiy davlat»ning toʻrt mingga yaqin jangarilari toʻplangani xabar qilingan edi.

Shuningdek